Politsiya Gruziya va Turkiya muxlislari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv bo‘yicha ish boshladi (video)

Sport

image

Dortmund politsiyasi Yevro-2024 o‘yini boshlanishidan oldin Gruziya va Turkiya terma jamoalari muxlislari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan videolavhalarni o‘rganmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘yin oldidan stadionda turk va gruziyalik muxlislar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Hozirda politsiya voqeaga baho berish va ishtirokchilarni aniqlash uchun videomaterialni ko‘rib chiqmoqda.

Videodan ko‘rish mumkinki, turk muxlislari darvoza ortidagi sektorlardan joy olgan. Burchakdagi sektorlarda esa Gruziya terma jamoasi muxlislari bor. Ayrim muxlislar tribunalarni ajratib turuvchi to‘siqlardan oshib, mushtlashgan. Ikkala tomon ham bir sektordan boshqasiga har xil buyumlarni uloqtirgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya-Gruziya o‘yini 3:1 hisobida turkiyaliklarning foydasiga hal bo‘ldi. Yevro-2024'ning 2-turida Turkiya Portugaliya bilan, Gruziya esa Chexiyaga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Turkiya mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing