Polshalik futbolchi “Paxtakor”ga ko‘chib o‘tdi

Sport

image

Polsha milliy terma jamoasi sobiq a’zosi Mixal Kuxarchik “Paxtakor” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “she’rlar” jamoasi yarim himoyachi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan. 32 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismini Polsha klublarida o‘tkazgan. 9 mavsum “Legiya”, so‘nggi 3 mavsumda esa “Pogon” jamoalari sharafini himoya qilgan. Bir yil esa Rossiyaning “Ural” klubida o‘ynagan. Polsha chempionatida 5 karra chempionga aylanib, 6 martadan Polsha kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Mixal Kuxarchik yuqori ligalarda 328 ta uchrashuvda qatnashib, 59 ta gol urgan. Kubok bahslarida 51 ta o‘yinda 9 ta, Yevrokuboklarda 70 bellashuvda 14 to‘p kiritgan hamda Polsha milliy terma jamoasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qilgan. Endilikda 32 yoshli polshalik 2024 yil oxiriga qadar “Paxtakor” sharafini himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Pol'sha Mixal Kuxarchik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing