Polshadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi yonib ketdi

Olam

image

Joriy yilning 18 may kuni S-3 Polsha milliy trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida taxminlarga ko‘ra, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, ikkinchisi shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Matiz avtomobili Chchechin va Gojuv shaharlari o‘rtasida yonib ketgan. Mashinadagi bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi og‘ir kuyish jarohatlari bilan hushsiz holda Chchechin shahri shifoxonasiga olib kelingan.

Tekshiruv olib borayotgan Piritsi shahri politsiyasidan olingan xabarga ko‘ra ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga binoan Mamadaliyev Shuhratjon Vahobovich vafot etgan, Lutfullayev Baxtiyor Erkin o‘g‘li shifoxonaga yotqizilgan. 

Qayd etilishicha, Elchixona Polsha hokimiyat organlari bilan aloqa o‘rnatgan va muammolarni tezkor hal qilishda ko‘maklashish uchun vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Pol'sha

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing