Polshadagi futbol uchrashuvi fojiali yakunlandi
Sport
−
07 avgust 2023
5424Polshadagi futbol uchrashuvida yuz bergan janjalda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi oyog‘idan ayrildi. Bu haqda “Sport.pl” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea joriy yilning 5 avgust kuni “Tarnoviya Tarnuv” va “Uniya Tarnuv” jamoalarining muxlislari o‘rtasida sodir bo‘lgan. “Radluva” stadionida yuzaga kelgan tartibsizlikda 100 ga yaqin ashaddiy muxlislar ishtirok etgan bo‘lib, ular beysbol tayoqlari va o‘tkir tig‘li jismlardan foydalangan.
Oqibatda 40 yoshli erkak pichoq deb taxmin qilinayotgan o‘tkir tig‘li buyumdan orttirilgan jarohati tufayli vafot etgan. Yana bir kishi esa oyog‘idan jiddiy jarohat olgan, shifokorlar uning oyog‘ini kesib tashlashga majbur bo‘lgan.
“Hozirda politsiya tergov o‘tkazmoqda, prokuratura bu ishni o‘z nazorati ostiga olgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentinaning La-Plata shahrida futbol bo‘yicha mamlakat chempionati doirasidagi “Ximnatsia va Esgrima” va “Boka Xuniors” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida tartibsizlik yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Oqibatda 57 yoshli sobiq futbolchi Sezar Regeyroning yuragi to‘polon vaqtida xuruj qilib qolgan va u shifoxonaga olib ketilayotganida, yo‘lda vafot etgan.
LiveBarchasi