Polshadagi deportatsiya markazida 2 oy qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi
Jamiyat
−
30 avgust 4213 1 daqiqa
Polshadagi deportatsiya markazlarida 2 oydan ziyod bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari hamda Polsha Chegara xizmati mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda noqonuniy tarzda bo‘lib turgani sababli 2 oydan ziyod vaqt davomida deportatsiya markazida saqlanib kelayotgan T.J., A.B. va K.S.ni O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Bugun, 30 avgust kuni ushbu o‘zbekistonliklar Varshava-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha LO189 aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytadi.
Ma’lumot uchun, mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekiston 30 iyuldan 30 avgustga qadar e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyada yuqori daromadli ishga aldanib, og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam berilib, ortga qaytarilgandi.
Dilbar Shoakromova
Live
Barchasi