Polshada yarim million aholi hukmron partiyaga qarshi namoyish uyushtirdi (video)
Olam
−
05 iyun 2023
3789Kecha, 4 iyun kuni Polsha poytaxti Varshavada minglab odamlar hukmron o‘ng qanot “Qonun va adolat” partiyasining faoliyatiga qarshi namoyish uyushtirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, namoyishda qatnashish uchun Varshavaga butun mamlakat bo‘ylab fuqarolar 1000 dan ortiq avtobuslarda yetib kelgan.
Tashkilotchilarning aytishicha, shahar ma’muriyati ishtirokchilar sonini yarim million deb hisoblagan va bu namoyish 1989 yilda kommunizm qulagandan beri eng yirik namoyishga aylangan.
Marsh 1989 yil 4 iyun kuni Polshada birinchi qisman erkin parlament saylovlari o‘tkazilganining bir yilligiga to‘g‘ri kelgan.
Odamlarni eng yirik muxolifatchi “Fuqarolik platformasi” partiyasi rahbari, Yevropa Ittifoqi kengashining sobiq raisi bo‘lgan Donald Tusk namoyishga chaqirgan. Uning chaqirig‘ini mamlakatdagi boshqa muxolif partiyalar yetakchilari ham qo‘llab-quvvatlagan.
Aksiyada Polshaning sobiq prezidenti, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Lex Valensa ham ishtirok etgan.