Polshada Ukraina uchun tanklarni ta’mirlash markazi ochildi

Olam

image

Polsha janubidagi Glivitse shahridagi Bumar harbiy zavodida Ukraina uchun tanklarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish markazi ochildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Mariush Blashak Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon zavodga Ukrainadan ikkita Leopard tanki keltirilgan.

Polsha va Germaniya bahordan beri Leopard tanklarini ta’mirlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Polshaning PGZ mudofaa konserni bilan Germaniyaning Krauss-Maffei Wegmann va Rheinmetall kompaniyalari o‘rtasidagi shartnoma hali tuzilmagan.

“Handelsblatt” nashrining yozishicha, Berlin Varshava bilan o‘z hududida ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish markazi qurish bo‘yicha kelishuvdan chiqishga qaror qilgan. Rasman ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar natijalari haqida ma’lumot berilmagan.

“Reuters”ga ko‘ra, Glivitsadagi markaz Polsha va Germaniya o‘rtasidagi bir xil qo‘shma korxona ekani haligacha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Leopard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing