Polshada ta’mirlanayotgan xonadondan 80 yillik bomba topildi (video)

Olam

image

Polshada ta’mirlanayotgan xonadonning poli ostidan 80 yillik samolyot bombasi chiqdi. Bu haqda RMF24 xabar berdi.

Qayd etilishicha, Polshadagi bir oila deyarli o‘zlari bilmagan holda Ikkinchi jahon urushidan beri, qariyb 80 yillik bomba bo‘lgan uyda yashab kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bomba 1945 yilda qizil armiya hujumi paytida tashlangan. Vaqt o‘tishi bilan uy  egalari ushbu voqeani unutishadi hamda bobolarining zamin ostida xavfli narsa borligi haqidagi hikoyalarini shunchaki cho‘pchak deb o‘ylaydi.

Yaqin kunlarda, eski binoni ta’mirlayotgan ustalar pol ostidan bomba topib olgach, shoshilinch politsiyaga xabar berishgan. Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislarning aytishicha, bu 50 kg og‘irlikdagi samolyot bombasi bo‘lib, o‘z vaqtida portlamay qolgan.

Shundan keyingina mahalliy aholidan biri buvisining sovet armiyasi Polshani fashistlar istilosidan ozod qilayotgan paytida uyning tomi va polini teshib o‘tgan bomba tashlagani haqidagi hikoyasini eslagan.

Sapyorlar bombani ehtiyotkorlik bilan olib tashlashdi. Mutaxassislar Polshada bunday topilmalar hali ham kam emasligini aytishmoqda.

Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing