Polshada sobiq vazir va uning o‘rinbosari hibsga olinishi ortidan namoyishlar boshlandi

Olam

image

Varshavada Polsha Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari va uning o‘rinbosari hibsga olinganidan keyin minglab odamlar hukumatga qarshi namoyishda ishtirok etdi. Bu haqda “RMF24” radiosi xabar berdi. 

Namoyishga Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Mariush Kaminskiy va uning o‘rinbosari Makey Vonsikning hibsga olingani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, muxolifat Donald Tusk boshchiligidagi yangi yevropaparast hukumatning davlat teleradiokompaniyalarini nazorat ostiga olishga urinishlari uchun tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirgan. 

Aksiya tashkilotchilariga ko‘ra, mitingda 100 mingga yaqin odam qatnashmoqda. Namoyishchilar Varshava ko‘chalari bo‘ylab Bosh vazir Donald Tusk idorasi tomon yurishni rejalashtirmoqda.

“Agar g‘alaba qozonishni istasak, hukumatni o‘zgartirishimiz kerak”, deydi “Huquq va adolat” yetakchisi Yaroslav Kachinskiy.

2015 yilda Kaminskiy va Vonsik yer uchastkalari bilan firibgarlik va 2007 yilda sodir etilgan korrupsiyada aybdor deb topilgan. Ayni paytda ular Prezident Duda qarori bilan afv etilgan. 2023 yil oxirida xuddi shu ish bo‘yicha ularning har biri ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, lekin jazo ijro etilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, ular Varshavadagi prezident saroyida politsiya tomonidan hibsga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha namoyishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing