Polshada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan shaxs hibsga olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Polshada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilinayotgan shaxs hibsga olingan. Bu haqda Polsha Bosh prokuraturasi saytida xabar berildi.

Maxsus xizmat xodimlari uni 31 may kuni Varshavada hibsga olgan. Unga josuslik aybi qo‘yilgan. Erkakni o‘n yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Sud ayblanuvchini uch oy muddatga hibsga oldi.

Tintuvlar gumon qilinuvchining yashash joyida va u bilan aloqador shaxslarning ishxonalarida o‘tkazilgan. Natijada, huquqni muhofaza qilish idoralari 300 ming zlotiy (81 ming dollar)dan ortiq miqdordagi ko‘plab axborot tashuvchilar va mablag‘larni topgan.

“Tergov jarayonida prokuror gumonlanuvchi josuslikda gumon qilinib, ilgari sherigi hibsga olinganidan keyin o‘z faoliyatini kuchaytirib, Rossiya foydasiga ish tutganini aniqladi. U Rossiya razvedka xizmatining ko‘rsatmasiga binoan, Polsha va xorijiy siyosatchilar, shu jumladan Yevropa parlamentida ishlaydiganlar bilan aloqa o‘rnatishga urindi”, deyiladi bayonotda.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorning Polsha, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlardagi faoliyati “Rossiyaning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi pozitsiyasini zaiflashtirish uchun olib borilgan tashviqot va dezinformatsion loyihalari” tarkibiga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing