Polshada Rossiya hukumati “terrorchi rejim” deb e’lon qilindi

Olam

image

Polsha parlamentining yuqori palatasi – Senat Rossiya hukumatini "terrorchi rejim" deb tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda yuqori palataning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, parlament yig‘ilishidagi ovoz berishda 85 nafar senator ishtirok etgan. Ular bir ovozdan Rossiya hukumatini Ukrainadagi harakatlari uchun qoralagan.

Rezolyutsiyada keltirilishicha, Rossiya Qurolli Kuchlari fuqarolik ob’ektlariga hujum qilyapti, harbiy asirlar va tinch aholini qiynoqqa solyapti, ukrainalik bolalarni o‘g‘irlayapti, ukrainaliklarni Rossiyaning uzoq hududlariga majburan deportatsiya qilyapti.

Shuningdek, Senat xalqaro hamjamiyatni Ukrainadagi jinoyatlarni tergov qilishda Xalqaro jinoiy sudni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz,18 oktyabr kuni Estoniya parlamentining deputatlari Rossiyani “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat” deb e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing