Polshada ikki nafar rossiyalik josuslikda ayblanib hibsga olindi

Olam

image

Polsha maxsus xizmatlari josuslikda ayblanayotgan ikki rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Mariush Kaminskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, josuslikda ayblanayotgan ikki nafar rus “Vagner” guruhining Krakov va Varshavadagi targ‘ibot materiallarini tarqatgan.

“Ularning ikkalasi ham josuslikda ayblanib, hibsga olindi”, deb yozgan vazir X sahifasida. 

Kaminskiy gumonlanuvchilarning ismlari va boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan. Ular hozirda qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha ichki xavfsizlik agentligi Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan Ukraina fuqarosini qo‘lga olgandi. U Rossiya uchun ishlaydigan josuslik tarmog‘i faoliyatida ishtirok etishda ayblangan 15-shaxs ekani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha rossiyalik josuslik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing