Polshada dron quladi. Aybdor Rossiyami?

Olam

image

Joriy yilning 20 avgust kuni Polshaning Lukovskiy tumanidagi Osiniy qishlog‘ida (Ukraina chegarasidan 100 km uzoqlikda) noma’lum ob’ekt qulab, portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Tysol” xabar berdi.

Hodisa oqibatida bir nechta uylarning oynalari shikastlangan. Voqea joyida kuygan metall va plastik bo‘laklari topilgan. 

Polsha Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish hodisa bo‘yicha chiqish qilib, bu “ehtimol qulagan dron” bo‘lishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspertiza natijasida ob’ekt harbiy yoki kontrabanda maqsadida ishlatilgani aniqlanadi. Vazir “sabotaj” ehtimolini ham istisno qilmagan. 

Dastlabki harbiy hisobotga ko‘ra, radarlar Polsha havo hududining buzilishini qayd etmagan. Bu ma’lumotlar hali tekshirilmoqda.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi esa kecha, 21 avgust kuni Rossiyaga rasmiy norozilik notasini topshirgan. Unda Moskva “atayin provokatsiya uyushtirganlikda“, Polsha suverenitetini buzishda, 1992 yilgi do‘stlik va hamkorlik shartnomasi hamda 1944 yilgi Chikago konvensiyasini buzishda ayblangan. Varshava hodisa yuzasidan Rossiyadan izoh talab qilgan. 

Ma’lumot uchun, 1944 yilgi Chikago konvensiyasi – xalqaro fuqaro aviatsiyasi sohasidagi asosiy hujjat bo‘lib, o‘sha yilning 7 dekabr sanasida AQSHning Chikago shahrida 52 ta davlat tomonidan imzolangan va 1947 yilda kuchga kirgan. Konvensiyada davlatlarning o‘z havo hududi ustidan to‘liq suverenitetga ega ekani tan olingan, fuqaro aviatsiyasi uchun umumiy xalqaro qoidalar belgilangan, xavfsizlik choralari, aviatsiya standartlari, uchish va qo‘nish tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Rossiya bilan mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mudofaasini kuchaytirayotgani haqida xabar berilgandi. Markaziy Polsha himoyasiga ko‘ra, mamlakat so‘nggi yillarda faqatgina qurollanishni kuchaytiribgina qolmasdan, balki bu jarayonning boshlanishi kamida o‘tgan 10 yil davomida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Pol'sha Lukovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing