Polshada bir guruh turkmanistonliklar hibsga olindi

Olam

image

Polshada 15 nafar Turkmaniston fuqarosi odam kontrabandasida gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda bugun, 15 mart kuni Polsha chegara xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilarning ayrimlari Zamoss shahrida, ba’zilari boshqa joylarda hibsga olingan. Ular alohida tarkibda harakat qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jami 15 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan.

Yevropa Ittifoqiga noqonuniy kirishni istaganlar samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri Belarus yoki Rossiyadan uchib borgan. Ular chegarani yashirin yo‘llar bo‘ylab kesib o‘tgan va Polsha hududida to‘daning boshqa a’zolari tomonidan kutib olingan. Noqonuniy muhojirlar avtomashinalarda Polsha orqali Germaniya va boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga olib ketilgan. Jinoiy guruh a’zolari 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda Polshada Rossiya fuqarolari josuslikda ayblanib, hibsga olingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda Pol'sha Turkmaniston hibs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing