Polshada harbiy dron turarjoy hududiga quladi

Olam

image

Polshadagi harbiy uchuvchisiz apparat (dron) aloqa yo‘qolishi sababli Inovrotslav shahrida joylashgan turarjoy hududiga quladi. Bu haqda RMF24 radiosi xabar berdi. 

Qulash oqibatida dron Polsha pochtasiga tegishli avtomobilni shikastlagan. Harbiy politsiya dron bilan boshqaruvchi o‘rtasidagi aloqaning uzilishi sabablarini tekshirmoqda.

“Pochta kompensatsiya masalasini Fuqarolik kodeksi asosida hal qiladi, chunki parvozni amalga oshirgan operatorning aloqa yo‘qolishi holati uchun sug‘urtasi bor edi”, dedi harbiy jandarmeriya mayori Dominik Mayk.

Shahar meri Arkadiush Fayokning aytishicha, hodisa oqibatida yana ikki yetkazib beruvchi yuk mashinasi ham zarar ko‘rgan.

Hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, dron bilan bog‘liq hodisa mahalliy aholi xavfsizligiga tahdid solmagan.

Bundan bir kun avval PGZ Polsha qurol-aslaha sanoati guruhi №2 harbiy aviatsiya zavodi ishlab chiqargan uchuvchisiz apparat fuqarolik hududiga qulagani haqida ma’lum qilgan edi. “Portal Kujawski”ning yozishicha, bu armiyaga may oyidan yetkazila boshlangan Wizjer nomli mini-dron bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Dron o‘quv parvozini amalga oshirayotgan edi.

Milliy mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Bartosh Kovnatskiy ta’kidlashicha, bunday holat so‘nggi vaqtda ikkinchi marta sodir bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10 sentyabr kuni Polsha birinchi marta g‘arbiy Ukrainaning Rossiya tomonidan nishonga olinishi vaqtida mamlakat havo hududini buzgan dronlarga qarata o‘t ochgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing