Polsha va Belarus chegarasida devor qurildi

Olam

image

Polsha Belarus bilan chegarada devor qurilishini yakunladi. Bu haqda Polsha maxsus xizmatlari ishini muvofiqlashtiruvchi vazir matbuot kotibi Stanislav Jarin ma’lum qildi.

“Polsha Belarus bilan chegarada devor qurilishini yakunladi. Polshaga noqonuniy ravishda kirish mumkin emas. Bugungi kunda Polsha chegarasi Yevropada eng yaxshi himoyalangan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda to‘siqda harakat datchiklari va kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

Polsha chegarada devor qurishni 2021 yil boshida Belarus orqali Yevroittifoqqa noqonuniy o‘tishga urinayotgan muhojirlar oqimi ko‘payishi tufayli boshlagandi. 

2021 yil sentyabrida Polsha hukumati 418 kilometrlik to‘siq qurilishini ma’qullagan edi. Chegarada devor qurish taxminan 1,6 milliard zlotiy (330 million yevro)ga tushgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing