Polsha Ukrainani qayta tiklashda moliyaviy markaz bo‘lishni xohlayapti  

Olam

image

Polsha Ukrainani qayta tiklashga yo‘naltiriladigan mablag‘larni jalb qilish uchun moliyaviy markazga aylanish niyatida. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri o‘rinbosari Artur Sobon “RMF 24” radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Polsha Ukrainaga harbiy yordam berishda markaz rolini o‘ynaganidek, biz Ukrainani tiklash uchun mablag‘lar oqib o‘tadigan moliyaviy markazga ham aylanishni ham istardik”, deydi Polsha Moliya vaziri o‘rinbosari.

Shuningdek, Artur Sobon bu masala haqiqatdan ham Polsha rasmiylarini xavotirga solayotganini ta’kidlab, davlat imkon qadar tezroq bunday loyihalar markazida bo‘lishni istashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Varshavaga borgandi. Polsha Prezidenti Anjey Duda Ukrainaga qurollarning yangi partiyalarini topshirishga va yozda NATO tomonidan xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish uchun hissa qo‘shishga va’da berdi. Shuningdek, Duda Polshaning AQSH va Buyuk Britaniyadan keyin harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha Ukrainaning uchinchi hamkoriga aylanganiga e’tibor qaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Zelenskiy Anjey Duda Ukrainani qayta tiklash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing