Polsha Rossiyani yanada qiyin ahvolga soladigan taklifni berdi

Olam

image

Polsha Yevropa Ittifoqiga Rossiya bilan savdo-sotiqni butunlay to‘xtatishni taklif qilyapti. Mamlakat Bosh vaziri Mateush Moravetskiyga ko‘ra, bu dahshatli urushni to‘xtatishning yaxshiroq usuli. 

“Men Yevropa yetakchilarining yanada hushyor bo‘lishini kutaman, ular Yevropa kengashining navbatdagi yig‘ilishida yangi sanksiyalar paketini qabul qiladi. Polsha ushbu sanksiyalar paketiga imkon qadar tezroq savdo blokadasini ham qo‘shishni taklif qilmoqda. Bu Rossiya bilan quruqlik va dengiz orqali savdo qilishni taqiqlash demakdir. Shunda Rossiya bayrog‘i ostidagi kemalarning portlarga rus tovarlari bilan kirishi taqiqlanadi”, deydi Moravetskiy.

Unga ko‘ra, Rossiyaning savdo-sotiqdan to‘liq uzilishi mamlakatni yanada qiyin ahvolga soladi. 

“Bu dahshatli urushni to‘xtatishning yaxshiroq usuli emasmi?”, deydi Polsha Bosh vaziri.

Avvalroq, bir qator G‘arb davlatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilgan edi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb sanksiyalari juda jiddiy, Rossiya ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan.

Undan tashqari Vladimir Putinning o‘zi ham bu sanksiyalar nafaqat Rossiya balki jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishini va endi dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur urush sabab Rossiyada rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

913

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing