Polsha Rossiya bilan chegarani kuchaytiradi
Olam
−
29 aprel 2023
8506Polsha Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegarani himoya qilishni kuchaytiradi. Bu haqda bugun, 29 aprel kuni mamlakat Bosh vaziri Mateush Moravetskiy ma’lum qildi.
“Biz jismoniy va elektron xavfsizlikni ta’minlaymiz, shuningdek, chegarachilar va boshqa xizmat xodimlarini oshiramiz", degan Bosh vazir Mateush Moravetskiy Kaliningraddan 60 km uzoqlikda joylashgan Bartoshitse shahrida.
Uning aytishicha, chegaraning Polsha-Rossiya qismi xuddi Belarus bilan chegaradagidek mustahkamlanadi. Moravetskiy mintaqada "zamonaviy bo‘linmalar va zamonaviy qurollar" joylashtirilishi, bu esa Ukrainaga qarshi urush boshlagan Rossiyaning ehtimoliy harakatlaridan aholining xavfsizligini ta’minlashini aytgan.
Ma’lumot uchun, Polsha 2022 yil yanvar oyida Minskdagi rasmiylar bilan mojaro fonida Belarus bilan chegarada devor qurishni boshlagan. Uzunligi 186 km va balandligi 5,5 m bo‘lgan tikanli simli to‘siqlar va elektron boshqaruv tizimlari oktyabr oyida qurib bitkazilgan. Loyihaga qariyb 350 million yevro sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha tomonidan Rossiyaning Varshavadagi echixonasi qoshidagi maktab binosi qaytarib olinishi ikki mamlakat orasida diplomatik aloqalarni keskinlashtirgandi.
LiveBarchasi