Polsha Prezidenti Ukrainaga bordi (video)
Olam
−
24 Avgust 2024 5943 1 daqiqa
Polsha Prezidenti Anjey Duda e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga bordi. Bu haqda Polsha rahbari idorasi xabar berdi.
“Prezident Anjey Dudaning Ukrainaga tashrifi boshlandi, u Ukraina mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.
Prezident devoni Dudaning Kiyevda poyezddan ketayotgani, u yerda uni Ukraina tomoni vakillari kutib olgani aks etgan videoni e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga borgan edi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr