Polsha Prezidenti chegaradagi vaziyatda Belarusni ayblamoqda
Olam
−
09 noyabr 2021
5171Migrantlarning Polsha chegarasiga hujumini Minsk uyushtirgan. Bu haqda Polsha Prezidenti Anjey Duda Milliy xavfsizlik byurosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegarada sodir bo‘layotgan voqealar Minsk tomonidan “Polsha va YeIga qarshi” amalga oshirilayotgan “gibrid aksiya”dir.
“Kecha Polsha chegarasi tomon yurgan bu muhojirlar guruhlari, videoyozuvlarga qaraganda, bir necha ming kishi Belarus xizmatlari tomonidan aniq yuborilgan”, degan Duda.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 8 noyabr kuni bir necha ming muhojir Polsha chegarasiga yaqinlashdi. Ulardan ba’zilari tikanli sim panjarani demontaj qilishga uringan, Polsha xavfsizlik kuchlari esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
2021 yil boshidan buyon 30 mingdan ortiq muhojir Polsha-Belarus chegarasini kesib o‘tishga uringan. Polsha Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat e’lon qilgan, u yerlarga begona odamlarni kiritmagan.
Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qochqinlardan siyosiy maqsadlarda foydalanishga qarshi chiqqandi.
LiveBarchasi