Polsha qishloqlaridan birida 10 yil deganda birinchi marta o‘g‘il bola chaqaloq dunyoga keldi
Olam
−
07 may 2020
1319210 yil ichida birinchi marta Polshaning Meysse Odjanske qishlog‘ida o‘g‘il bola tug‘ildi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar qildi.
So‘nggi izlanishlarga ko‘ra, Polshada qizlarga qaraganda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilmoqda. 2017 yilda mamlakatda 207 ming o‘g‘il va 196 ming qiz tug‘ilgan.
Ammo 300 ga yaqin aholisi bo‘lgan Meysse Odjanske qishlog‘i bundan mustasno edi. Qishloqdagi mashaqqatli ishlarning ko‘pini ayollar bajaradi. Ular politsiyada xizmat qilishadi, qishloq xo‘jaligi texnikalariga ega, shuningdek, o‘t o‘chiruvchi guruh ayollardan iborat. Sabab ushbu qishloqda o‘g‘il bola farzand tug‘ilishi noyob hodisa. Ayniqsa, oxirgi 10 yilda umuman og‘il bola tug‘ilmagan.
Qishloq hokimi Raymund Frishko 2019 yilda o‘g‘il farzandli bo‘lgan birinchi juftlikni hayratda qoldirishga va’da bergandi. U ushbu oila uchun katta mukofot borligini ham e’lon qilgan.
Nihoyat, joriy yilning 2 may kuni Gegoja va Anna Mileka oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.
“Bu, ayniqsa, barchamiz koronavirus bilan kurashayotgan bir paytda juda ajoyib yangilik. Har bir bolaning tug‘ilishi alohida ahamiyatga ega. Ammo ushbu bola bizga umid bag‘ishladi”, deydi qishloq rahbari Raymund Frishko.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning onasining so‘zlariga ko‘ra, bolaning tug‘ilishi qiyin bo‘lgan. Lekin u operatsiyani muvaffaqiyatli tugatgan. Yangi mehmonga Bartek deb ism qo‘yildi.
“Amaliyot meni hayotga qaytardi va ikki karra mo‘jiza keltirdi. Bartekning o‘g‘il bo‘lgani uchun emas, balki qishlog‘im o‘g‘illi bo‘lgani mo‘jiza. Bartek, har qanday yangi tug‘ilgan chaqaloq kabi mening ko‘p e’tibor va yaqinligimni talab qilmoqda“, deydi Anna.
Endi baxtli oila o‘z va’dasini unutmagan qishloq boshlig‘idan mukofot kutmoqda. Biroq, sovg‘a koronavirus pandemiyasidan keyin beriladi.