Polsha fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Olam

image

Polsha o‘z fuqarolarini Rossiyaga safar qilmaslik bo‘yicha yana bir bor ogohlantirdi. Bu haqda mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik bunga asosiy sabab sifatida Polshaning Rossiyada “noto‘g‘ri munosabatdagi davlat” sifatida tan olinishi va urush holatini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Kaliningraddagi Polsha Bosh konsulxonasi yopilgani bois, Rossiyada joylashgan boshqa konsulxonalarda yordam olish imkoniyatlari keskin kamaygani ta’kidlangan. Endilikda Polsha fuqarolari konsullik xizmatlari uchun uzoq masofadagi idoralarga borishga majbur bo‘lishi mumkin.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlik keskin yomonlashsa, chegaralar yopilsa yoki favqulodda vaziyatlar yuz bersa, fuqarolarni evakuatsiya qilish qiyinlashadi yoki umuman imkonsiz bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Rossiya bilan mumkin bo‘lgan urushga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mudofaasini kuchaytirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing