Polsha Bosh vazirining idorasi oldida fermerlar shinalarni yoqib yubordi
Olam
−
06 mart 2024 3956 1 daqiqa
Polsha Bosh vaziri Donald Fransishek Tusk idorasi oldida fermerlar shinalarga o‘t qo‘ydi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Ba’zi fermerlar, taqiqlarga qaramay, Varshavaga traktorlarda kirgan. Varshavadagi norozilik namoyishi tashkilotchilari poytaxt ko‘chalarida 100 mingga yaqin namoyishchilar chiqishini kutmoqda.
Fermerlarning noroziligi tufayli Budzin va Rogozno o‘rtasidagi 11-sonli respublika yo‘li har ikki yo‘nalishda to‘sib qo‘yilgan. Fermerlar Yevropa Komissiyasining Yashil kelishuviga qarshi chiqmoqda, shuningdek, Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari oqimini kamaytirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining rentabelligini oshirishni talab qilmoqda.
Seymda ham qishloq xo‘jaligiga oid munozaralar muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polshaning Bidgosh shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishida dehqonlar Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa komissari Yanush Voysexovskiyning suratlari yopishtirilgan dahshatli qo‘g‘irchoqlarni dorga osgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28