Polsha Bosh vaziri Kiyevga bordi
Olam
−
22 yanvar
3956Bugun, 22 yanvar kuni Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Ukraina poytaxti Kiyevga bordi. Bu haqda Polshaning PAP axborot agentligi xabar berdi.
U Ukraina poytaxtida mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy va hukumat rahbari Denis Shmigel bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Tuskning matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida u va Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal birgalikda tantanali musiqa sadolari ostida Ukrainaning halok bo‘lgan himoyachilari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik devoriga gul qo‘ygani tasvirlangan videoni joylashtirdi.
PAP agentligining yozishicha, avvalroq Tusk Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan suhbatini izohlar ekan, Ukraina frontidagi vaziyat "Polsha xavfsizligi nuqtai nazaridan birinchi raqamli mavzu" ekanligini ta’kidlagan.
Donald Tuskning tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy sohadagi ko‘plab kelishmovchiliklar fonida o‘tmoqda: Polsha Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishni taqiqlagan. Taqiq, xususan, urug‘lar, donlar, meva va sabzavotlar, parranda go‘shti va asalarichilik mahsulotlarini o‘z ichiga olgan.
Ayni paytda polshalik fermerlar chegarada norozilik namoyishlarini davom ettirib, nazorat punktlarida yuk mashinalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Kiyevga safaridan biroz oldin Tusk o‘z hukumatida Ukrainaga qarshi yomon kayfiyatning tarqalishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
LiveBarchasi