Polsha 30 ming ukrainalik askarni tayyorlaydi 

Olam

image

Polsha 30 ming ukrainalik harbiy xizmatchi uchun harbiy tayyorgarlik o‘tkazishga tayyor. Bu haqda kecha, 23 may kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Mudofa vazirlari uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari, Milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak ma’lum qildi.

“Biz 30 ming kishini tayyorlashga tayyormiz. Bu jarayon juda tez ketmoqda”, degan u respublika hududida ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlash kursi haqidagi savolga javob berar ekan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida allaqachon tayyorgarlikdan o‘tgan 15 ming ukrainalik askarning aksariyati Polshada tayyorgarlik ko‘rgan. Shuningdek, respublikadagi ta’lim jarayoni Yevropa Ittifoqida ijobiy baholangan.

Bundan tashqari, Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevroittifoq kengashi yig‘ilishidan so‘ng 15 ming ukrainalik harbiy mashg‘ulotlar yakunlangani, joriy yil oxirigacha yana 15 ming nafari o‘qitilishi haqida ma’lumot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing