Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xonning hayoti xavf ostidaligi aytildi

Olam

image

Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xonning hayotiga navbatdagi suiqasd uyushtirilishi mumkin. Bu haqda Islomobod Oliy sudi raisi Aamer Faruk razvedka ma’lumotlariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “Al Jazeera”.

Avvalroq, joriy yilning 3 noyabrida 70 yoshli Xon Vazirobod shahrida saylovlar qayta o‘tkazilishini talab qilib, norozilik namoyishini o‘tkazayotgan vaqtda uning oyog‘iga o‘q uzilgan edi.

Namoyishlar oqibatida sobiq Bosh vazirning “Texrik-i-Insaf” partiyasi tarafdorlaridan bir kishi halok bo‘ldi va 10 nafar inson jarohatlandi. Shu bois namoyishlar majburan to‘xtatilgan edi.

Imron Xon o‘ziga nisbatan qilingan suiqasdda Pokistonning amaldagi Bosh vaziri Shahboz Sharifni, Ichki ishlar vaziri Rana Sanaulloh va general Faysal Nosirni ayblagan. Ammo sobiq vazir o‘z da’volariga hech qanday dalil keltirmadi. Shuning uchun hukumat va harbiylar Xonning ayblovlarini rad etdi. Politsiya esa Imronxonga suiqasd uyishtirganlikda gumonlanayotganlarni so‘roq qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Shahboz Sharif

Baholaganlar

498

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing