Pokistondagi qora bozorda koronavirusga chalinganlarning qoni sotilayotgani oshkor bo‘ldi
Olam
−
25 iyun 2020
9454Koronavirus bilan kasallangan, keyin esa sog‘aygan bemorlarning qoni Pokistondagi qora bozorda sotila boshlandi. Uning narxi 950 dan 3,5 ming funtgacha. Bu haqda mahalliy shifokorlarga tayanib, “The Guardian” nashri yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, yaqindagina COVID-19 kasalligini yuqtirib olgan bemorlarning oila a’zolari buning uchun pul to‘lashga tayyor. Chunki ular buni yaqinlarini qutqara oladigan "mo‘’jizaviy davolash" ekaniga ishonmoqda.
Intervyuda shifokorlar koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarning qarindoshlari va allaqachon kasal bo‘lganlarning oilalari o‘rtasidagi kelishuvni tasvirlab berishdi.
"Shifoxonalar bunda ishtirok etmaydi. Ammo ko‘zlarim oldida bitimlar tuzilgan. Bemorlarning qarindoshlari koronavirusdan tuzalib ketgan odamlarga kelib, qon donorlari bo‘lishlarini so‘rashadi. Keyin ular maxsus laboratoriyaga borib, donor "qonidan plazma olishadi", deydi Islomobod davlat kasalxonasi shifokori.
Shu bilan birga, pokistonlik shifokorlar shifoxonalarda dori-darmonlar tugab borayotganini va hayotiy dorilarsiz plazma haqiqiy "mo‘’jizaviy davo" ekanligini ta’kidlamoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda 188 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 3 755 kishi vafot etdi.