Pokistonda ham koronavirus bo‘yicha rekord qayd etildi

Olam

image

Pokistonda oxirgi sutka davomida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir kunda ro‘yxatga olingan kasallikka chalinish holatlari soni 4374 ga o‘sib, 93 983 taga yetdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda bir kunda 97 ta o‘lim holati qayd etilgan. Pokistonda koronavirus bilan vafot etganlarning umumiy soni 1935 ga yetdi.

Shu bilan birga, rasmiylar koronavirus tarqalishi sharoitida aholini ijtimoiy masofani ushlab turishga chorlash uchun ko‘ngillilarning yordamiga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda. Avvalroq, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon kambag‘al va muhtojlarga oziq-ovqat yetkazib berishda ko‘ngillilar ham jalb etilishini ma’lum qilgan edi.

Koronavirus nazorati guruhining ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonda 1 millionga yaqin kishi ko‘ngillilar safiga yozilgan va 165 mingdan ortiq odam allaqachon rasmiylarga yordam bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eronda ham koronavirus bo‘yicha rekord qayt etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Pokistonda

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing