Pokistonda jangarilar garovga olgan poyezdning 155 nafar yo‘lovchisi ozod qilindi

Olam

image

Pokiston xavfsizlik kuchlari jangarilar tomonidan garovga olingan poyezdning kamida 155 nafar yo‘lovchisini ozod qildi, deyarli 30 nafar ekstremist yo‘q qilindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, Geo TV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda kuch ishlatar tuzilmalar qolgan yo‘lovchilarni ozod qilish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqda. Hujum vaqtida poyezdda taxminan 450 kishi bo‘lgani aytilmoqda. Jangarilar soni noma’lum. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ozod qilingan 17 nafar garovga olingan shaxs shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan, biroq ularning jarohatlari haqida ma’lumot berilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, jangarilar poyezdni Afg‘oniston va Eron chegarasiga yaqin hududga haydab ketgan. Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng jangarilar mayda guruhlarga bo‘linib ketgan. Telekanal manbalarining ta’kidlashicha, ekstremistlar sun’iy yo‘ldosh telefonlaridan foydalanib, Afg‘onistonda joylashgan deb taxmin qilinayotgan hujum tashkilotchilari bilan aloqa o‘rnatgan. Shuningdek, jangarilar garovga olingan yo‘lovchilarni “tirik qalqon” sifatida ishlatayotgani bois operatsiya murakkablashayotgani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Balujiston ozodlik armiyasi” ekstremistik guruhi jangarilari Pokistonda yo‘lovchi poyezdini bosib olib, 450 kishini garovga olgani xabar qilingan edi. Ushbu poyezd Balujiston viloyatining ma’muriy markazi Kvetta shahridan Xayber-Paxtunxva viloyatining markazi Peshovar shahriga ketayotgan bo‘lgan. Jangarilar avval temiryo‘l izlarini portlatib yuborgan, so‘ngra poyezdga o‘t ochgan. Poyezd mashinisti jarohatlangan. Hujum vaqtida poyezdni qo‘riqlayotgan xavfsizlik xodimlari bilan jangarilar o‘rtasida otishma yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston garovga olgan poezd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing