Pokistonda “Vikipediya” bloklandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Pokiston “Vikipediya” internet ensiklopediyasini davlat tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarmagani uchun blokladi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Pokiston telekommunikatsiya boshqarmasi matbuot kotibi Malahat Obaidga ko‘ra, platformaga ushbu kontentni olib tashlash uchun rasmiylar tomonidan 48 soat vaqt berilgan. Ammo berilgan muddat tugaganidan keyin ham kontentning bir qismi “Vikipediya”da mavjud bo‘lgan. Oqibatda mamlakatda internet ensiklopediyasi bloklangan.

Biroq Pokiston rasmiylari aynan qaysi kontentni nazarda tutib, platformaga nisbatan bunday chora ko‘rgani haqida ma’lumot berilmagan.

“Bu bo‘yicha “Vikipediya” rasmiylari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agar kontent butunlay olib tashlansa, platformani blokdan chiqarish masalasi ko‘rib chiqiladi”, deya ta’kidlagan telekommunikatsiya boshqarmasi matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing