Pokistonda toshqin qurbonlari soni 1700 ga yaqinlashdi

Olam

image

Pokistonda joriy mavsumda iyun oyi o‘rtalaridan boshlangan musson yomg‘irlari va suv toshqinlari qurbonlarining umumiy soni 1695 kishiga yetdi, 12 865 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinhua” agentligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, yomg‘ir yoki suv toshqini tufayli halok bo‘lganlar orasida 630 bola va 340 ayol bor.

Eng ko‘p odam janubdagi Sind viloyatida 759 kishi halok bo‘lgan, ikkinchi o‘rinda esa janubi-g‘arbiy Balujiston va shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva 336 va 307 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Pokistonning turli hududlarida 2 045 349 ta uy vayron bo‘lgan, 1 162 122 bosh chorva nobud bo‘lgan.

Suv toshqinlari 84 ta okrug va 33 046 329 kishiga zarar yetkazgani xabar qilingan. Yog‘ingarchilik mavsumi boshlanganidan buyon 13254,49 km yo‘l va 440 ko‘prik shikastlangan.

Davlat idoralari, ko‘ngillilar va nodavlat tashkilotlari seldan jabr ko‘rgan hududlarda qutqaruv va yordam ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pokistonda joriy yilning 14 iyunidan beri davom etgan musson yomg‘irlari oqibatida kuzatilayotgan toshqinlar qurbonlari soni 1396 kishiga yetgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing