Pokistonda toshqin qurbonlari 900 nafardan oshdi

Olam

image

Pokistonda 14 iyundan beri kuchli yomg‘ir qurbonlari soni 903 nafarga yetdi. Bu haqda Iqlim o‘zgarishlari vaziri Sheri Rehman Twitter’da ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 326 nafar bola va 191 nafar ayol bor.

Rehman, tabiiy ofatlar tufayli minglab odamlar uylarini tark etishga majbur bo‘lganini qayd etdi. U mamlakatdagi vaziyatni “gumanitar inqiroz”, deb atadi.

Suv toshqinlari oqibatida 2,9 mingga yaqin yo‘l, 72 mingdan ortiq uy va 129 ta ko‘prik vayron bo‘lgan. 500 ming boshdan ortiq chorva mollari nobud bo‘lgan.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif aholini toshqindan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam berishga chaqirdi. Sharifga ko‘ra, hukumatga yordam va reabilitatsiya ishlari uchun yuzlab milliard rupiy kerak.

Musson yomg‘irlari Janubiy Osiyodan iyun-sentyabr oylarida o‘tib, har yili tabiiy ofatlar va falokatlar keltirib chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston toshqin

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing