Pokistonda pulsiz qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Olam
−
30 Sentabr 2025 7822 1 daqiqa
Pokistonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro va uning 5 farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro o‘z murojaatida Pokistonda boquvchisiz qolgani, turarjoy va kundalik ehtiyojlar, xususan oziq-ovqat uchun ham zarur mablag‘ga ega emasligini bildirib, O‘zbekistonga qaytishi uchun amaliy yordam berishni so‘ragan.
Murojaat elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, tezkor choralar ko‘rilgan. Ular vaqtinchalik turarjoy, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda kundalik ehtiyojlari uchun mablag‘ bilan ta’minlangan. Shuningdek, oilaning O‘zbekistonga yetib olishi uchun mamlakatga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilgan, boshqa turdagi zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Pokistonning tegishli vazirlik va idoralari mutasaddilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida ushbu mamlakatdagi viza va bu yerda bo‘lib turish tartiblari buzilganiga qaramasdan, fuqaro va uning farzandlarini jarima va to‘lovlarsiz davlatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
O‘zbekiston elchixona va Migratsiya agentligi ko‘magida ushbu oilaga “Islomobod-Toshkent” yo‘nalishidagi samolyotga aviachiptalar olib berilgan va ular 27 sentyabr kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar mamlakatga qaytarilgandi.
Live
Barchasi