Pokistonda Imron Xon tarafdorlari namoyishga chiqdi

Olam

image

Pokistonning qator shaharlarida Milliy assambleyada (parlament quyi palatasi) ovoz berishdan so‘ng, mamlakat Bosh vaziri lavozimidan mahrum bo‘lgan Imron Xonni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar bo‘lib o‘tdi. 

Pokiston Milliy assambleyasi joriy yil 10 aprelga o‘tar kechasi mamlakat Bosh vaziriga ishonchsizlik votumi uchun ovoz bergan. Imron Xonning chaqirig‘iga javoban “Adolat harakati” partiyasining minglab tarafdorlari Pokiston shaharlari ko‘chalariga chiqqan. 

Islomobod, Karachi, Lahor, Peshovar, Multan va boshqa ko‘plab shaharlarda aksiyalar bo‘lib o‘tgan. Namoyishchilar Xonni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytgan va uning Bosh vazirlikdan ketishini qo‘llab-quvvatlagan tomonlarga norozilik bildirgan.

Imron Xonning o‘zi Twitter’da qo‘llab-quvvatlagani uchun tarafdorlariga minnatdorlik bildirib, mamlakatdagi siyosiy inqirozda AQSHni ayblagan. Xonning qayd etishicha, Pokiston 1947 yilda mustaqillikka erishgan bo‘lsa-da, xorijiy doiralarga qarshi ozodlik uchun kurash bugun ham davom etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Imron Xon parlamentdan ishonchsizlik votumini olgan Pokistonning birinchi Bosh vaziri bo‘ldi. 

Pokistondagi siyosiy inqiroz joriy yilning 3 aprel kuni muxolifat 2018 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Xonni mamlakatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmayotganlikda, shuningdek, korrupsiyada ayblab, Bosh vazirga ishonchsizlik votumini e’lon qilishga urinish boshlanganidan so‘ng avj oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing