9 yashar bola 5 kishining o‘limida ayblanmoqda
Olam
−
09 Oktabr 2019
8753AQSHning Illinoys shtatida yashovchi 9 yoshli bolakay 5 kishining o‘limida ayblanmoqda. Bu haqda “Peoria Journal Star” prokuror Greg Mingerga asoslanib xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 6 aprel kuni 9 yashar bolakay o‘z uyiga yaqin hududda joylashgan ko‘chma uyni yoqib yuborgan. Yong‘in natijasida 5 kishi qurbon bo‘lgan, ulardan 3 nafari voyaga yetmagan bolalar. Alanga ichidan ikki kishi sog‘-omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Yong‘in soat 23:00da boshlangan. Ko‘chma uy yog‘ochdan qurilgani sabab juda tez yonib, kulga aylangan. O‘t o‘chirish xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelganda esa alanga butun uyni qamrab olgan edi.
Prokurorning aytishiga qaraganda, 9 yashar bola ustidan hukm chiqarish oson bo‘lmagan.
“Bu albatta tragediya, lekin ayblanuvchi ham juda yosh va u eng og‘ir jinoyatlardan birida ayblanmoqda. Nima bo‘lganda ham unga qamoq jazosi berilmaydi. Unga 5 yillik sinov muddati berilishi mumkin, xolos”, deydi prokuror.
LiveBarchasi