Pokiston va Eron mojaroni yumshatishga kelishib oldi

Olam

image

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyatni yumshatishga kelishib oldi. Bu haqda Pokiston hukumati saytida ma’lum qilindi.

Bayonotda qayd etilishicha, ikki davlat terrorizmga qarshi kurashda ishchi darajada hamkorlikni kuchaytirish va uni muvofiqlashtirish zarurligi to‘g‘risida bir qarorga kelgan.

“Pokiston va Eron o‘rtasidagi yaqin qardoshlik munosabatlarini ta’kidlab, Tashqi ishlar vaziri Pokistonning Eron bilan o‘zaro ishonch va hamkorlik ruhida ishlash istagini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, TIV rahbari bu hamkorlik mamlakatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilishga asoslanishi kerakligini ta’kidlagan.

“Muzokaralar chog‘ida ikki davlat elchilarini o‘z poytaxtlariga qaytarish masalasi ham muhokama qilindi”, deyiladi hukumat saytida.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Eron qurolli kuchlari Pokistondagi “Jaysh az-Adl” terrorchilik guruhining ikkita qarorgohiga zarba bergandi. Operatsiya davomida dron va raketalardan foydalanildi. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi zarbani qoralab, uni jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan havo hududining buzilishi deb atadi. Hujum oqibatida ikki bola halok bo‘lgan.

18 yanvar kuni Pokiston Eronning Siston va Balujiston viloyatining bir qancha hududlariga zarbalar berdi. Pokiston TIV ham zarbalardan ko‘zlangan maqsad “terrorchilarning boshpanalari”ni yo‘q qilish ekanini bildirdi. Hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing