Pokiston Prezidenti va Imron Xon davlatga xiyonatda ayblanyapti 

Olam

image

Pokiston hukumati mamlakatning amaldagi Prezidenti Orif Alvi, sobiq Bosh vazir Imron Xon va Milliy assambleya (parlament quyi palatasi) sobiq spikeri o‘rinbosari Qosim Surini davlatga xiyonat va mamlakat Konstitutsiyasini buzish ayblovlari bilan sud qilish niyatida. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanib, “Pakistan Today” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, aprel oyida hokimiyat tepasiga kelgan Bosh vazir Shahboz Sharif hukumati Alvi, Xon va Surining xiyonatini fosh etuvchi dalillarni to‘plab, bu shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida Pokiston Oliy sudiga taqdim etmoqda. Da’vo tashabbuskorlariga ko‘ra, Suri Prezident Alvining ruxsati va Imron Xonning iltimosiga binoan qonunchilarning Imron Xonga va uning kabinetiga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berishini noqonuniy ravishda bloklagan va Milliy assambleyani tarqatib yuborgan, bu esa davlatga xiyonatga tenglashtirilgan Konstitutsiyani buzish hisoblanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Oliy sud parlamentni tarqatish haqidagi qarorni bekor qildi va Imron Xonga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish 10 aprel kuni o‘tkazilishini buyurdi. Natijada u o‘z lavozimidan chetlatildi. 

Pokiston musulmon ligasi partiyasi yetakchisi Shahboz Sharif yangi Bosh vazir etib saylandi, Milliy assambleyaning 342 deputatidan 174 nafari uning nomzodi uchun ovoz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing