Pokiston poytaxti daryoga aylandi. Imron Xon xalqiga murojaat bilan chiqdi (video)

Olam

image

Pokistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini yuz berdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dawn” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 28 iyul kuni mamlakat poytaxti Islomobodda kuchli yomg‘ir tufayli vujudga kelgan tuv toshqini ona-bolaning hayotiga zomin bo‘lgan. 

Mamlakatda yuz bergan favqulodda vaziyatga Pokiston Bosh vaziri Imron Xon e’tibor qaratib, musson yomg‘irlari mavsumida aholini “o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga” chaqirgan.

“Men barcha javobgar idoralarga, shu jumladan Tabiiy ofatlar paytida boshqaruv milliy agentligiga yuqori tayyorgarlik holatida bo‘lishni buyurdim”, deya yozadi Imron Xon o‘zining Twitter sahifasida.

 

Ma’lumot o‘rnida, global iqlim o‘zgarishi fonida ko‘plab davlatlarda kuchli yomg‘irlar yog‘shi oqibatida dunyo shaharlari bo‘ylab suv toshqinlariga kuzatilmoqda. So‘nggi kunlarda Yevropaning bir qator davlatlarida ham ushbu tabiiy ofat kuzatildi. Birgina Germaniyaning o‘zida 150 dan ortiq odam suv toshqinlari qurboniga aylandi. Bundan tashqari, Xitoyda ham qariyb 140 kishi ushbu tabiiy ofat oqibatida halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing