Pokiston Panjsherni egallashda “Tolibon”ni qo‘llagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Olam

image

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy Islomobod Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi janglarda “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlagani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Idora hind matbuotining shu mazmundagi yolg‘on xabarlari fosh qilinganini ta’kidlagan.

“Bu da’volarning maqsadi Pokistonni yomonlash va xalqaro hamjamiyatda noto‘g‘ri taassurot qoldirish, lekin bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bayonotda Pokiston tinch, barqaror, suveren va gullab-yashnayotgan Afg‘oniston tarafdori ekanligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati 6 sentyabr kuni Ahmad Mas’ud boshchiligidagi Milliy qarshilik fronti kuchlari bilan Panjsher viloyatida to‘qnashuvlar tugaganini va mintaqada to‘liq nazorat o‘rnatilganini e’lon qildi.

Panjsherdagi qarshilik harakati esa xorijiy davlatlar kuchlari “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlayotganini iddao qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing