Pokiston BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi
Olam
−
24 noyabr 2023
3656Pokiston BRICS’ga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) qo‘shilish uchun rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mumtoz Zahra Baloch ma’lum qildi.
“Ha, men Pokiston BRICS’ga qo‘shilish uchun rasmiy so‘rov yuborganini tasdiqlay olaman, biz uni rivojlanayotgan mamlakatlarning muhim guruhi deb hisoblaymiz. Biz BRICS’ga qo‘shilish orqali Pokiston xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va inklyuziv ko‘p tomonlama munosabatlarni tiklashda muhim rol o‘ynashiga ishonamiz”, deydi Baloch.
TIV vakili Pokiston BRICS’ga a’zo ko‘pchilik davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni saqlab turishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda BRICS’ning 15-sammiti bo‘lib o‘tgandi. Sammitdan keyin Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAA BRICS’ga taklif qilindi. Ular 2024 yil boshidan assotsiatsiyaning to‘liq a’zosiga aylanadi. Jami 23 davlat tashkilotga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirgan.
LiveBarchasi