Pokiston Bosh vaziri “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bordi
Olam
−
25 fevral 3855 1 daqiqa
Bugun, 25 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
“Mehmonga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi”, deydi Hidoyatov.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan martabali mehmonlarning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabrda Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning qizi Laura Mattarella, 2024 yil fevralda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, 2024 yil mayda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham ushbu majmuada bo‘lgan.
Live
Barchasi