Pokiston Bosh vaziri Toshkentga keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 15 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Ta’kidlash joizki, bu Imron Xonning mamlakatga ilk rasmiy tashrifidir.

Shu yil 14 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Sammitda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Pokiston sherikligining dolzarb masalalari, jumladan, konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish masalalari muhokama qilingandi.

Pokiston Bosh vazirining mazkur tashrifi ko‘p qirrali O‘zbekiston – Pokiston sherikligini yangi bosqichga olib chiqishda navbatdagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Pokiston yetakchisi, shuningdek, O‘zbekiston – Pokiston biznes forumi va Toshkent shahrida o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishi, Samarqand va Buxoro shaharlarini ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing