Pokiston Bosh vaziri “Ko‘ksaroy”da kutib olindi. Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralari boshlandi
Jamiyat
−
15 iyul 2021
5797Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon rasmiy tashrif bilan mamlakatga keldi.
Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi