Podpolkovnik Nurimon Abulhasanning qaysi lavozimga tayinlangani aniq bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2019
9937Xabaringiz bor, bundan bir hafta avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akromov va uning o‘rinbosari Nurimon Abulhasan lavozimidan ozod etilgan edi. Bu orada Nurimon Abulhasan IIV tizimida ish boshlagani haqida ma’lumot tarqaldi. Biroq, bir haftadirki, uning aynan qaysi lavozimga tayinlangani haqida rasmiy axborot berilmayotgan edi.
Bugun, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nurimon Abulhasanning qaysi lavozimga tayinlanganini ochiqladi.
Rasmiy axborotda qayd etilishicha, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning sobiq mansabdori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
1994 yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al-Azhar universitetini tamomlagan. U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Podpolkovnik kasbiy unvoni bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi