Nurimon Abulhasan yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
31 avgust 2019
17641Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Lavozimidan ozod qilingan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nurimon Abulhasan yangi lavozimga tayinlandi. U Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Nuriymon Abdulhasan 1994 yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al-Azhar universitetini tamomlagan. U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi