Pochettino Italiya grandida ish boshlashi mumkin
Sport
−
13 may
2612Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum oxirida London jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda “La Repubblica” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Milan” klubi 52 yoshli Pochettinoga qiziqish bildirmoqda. “Rossonerilar” argentinalik mutaxassis nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan. Agar u London klubidan iste’foga chiqsa, “Milan” Maurisioni murabbiylik postiga taklif qilishga tayyor.
Argentinalik murabbiy o‘tgan yozdan buyon “Chelsi”ni boshqarib kelmoqda. Angliya Premer-ligasidagi 35 o‘yindan so‘ng London klubi 54 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinda bormoqda. Joriy mavsumda Pochettino shogirdlari Angliya liga kubogi finaliga qadar yetib borib, “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
Keyingi o‘yinda “Chelsi” safarda “Brayton” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 15 may kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.