Plastik kartadan pul “uxlatganlik” uchun jazo kuchaytirilmoqda
Jamiyat
−
09 mart 2022 6196 1 daqiqa
Fuqarolarning bank plastik kartalaridan pullarini o‘g‘irlaganlik uchun jazo og‘irlashtiriladi. Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 169-moddalari (o‘g‘rilik) bank plastik kartalardan pul mablag‘larini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun og‘irlashtiruvchi holat sifatida javobgarlikni belgilovchi yangi norma bilan to‘ldirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda plastik kartochkalaridan pul mablag‘larini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan malakalanadi.
Qayd etilishicha, ko‘p hollarda fuqarolarning bank plastik kartochkalaridan oz miqdorda talon-toroj qilganlarga Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismi bilan ayb e’lon qilinadi. Bu o‘z navbatida, aybdor shaxslarga nisbatan yetarlicha jazo choralarining qo‘llanilmayotganiga, ularning axloqan tuzalish yo‘liga o‘tmayotganiga, takroran jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga olib kelmoqda.
Live
Barchasi