Pxenyan Seulni koreyalararo munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi
Olam
−
19 Oktabr 2021
2677Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Koreya Respublikasini tinchlik shartnomasini imzolashning sharti bo‘lgan ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash choralarini ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning “Meari” portalida chop etilgan sharhda aytilgan.
“Hozirgi vaqtda koreyalararo munosabatlar beqaror va agar Koreya urushi tugashi e’lon qilinib, hozirgi vaziyatga e’tibor qaratilmasa, ikkala tomon ham hujjat ostidagi siyoh qurib ketgunga qadar to‘qnashuvlarning ayanchli doirasiga tushib qolishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Sharh mualliflari hozirgi keskinlik sababini Seulning qurol-yarog‘ to‘plashi, shuningdek AQSH bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar deb atagan.
Ma’lumot o‘rnida, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida 1953 yilda sulh bilan to‘xtagan Koreya urushining tugashi haqidagi deklaratsiyani tezroq imzolashga chaqirdi. Tomonlar rasmiy ravishda hali ham qurolli mojaro holatida. Keyinchalik KXDR yetakchisi Kim Chen In Seulni urush tugaganini e’lon qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashdan oldin “ikki tomonlama siyosat”dan voz kechishga chaqirdi.
LiveBarchasi