Pxenyan AQSHning yordam taklifiga javob bermadi – Bayden

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyaga COVID-19 ga qarshi vaksina berishga tayyor va u bunday yordamni allaqachon taklif qilgan, biroq Pxenyandan hech qanday javob olmagan. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan muzokaralar yakunlarida ma’lum qildi. 

“Ha, biz vaksinalarni nafaqat Shimoliy Koreyaga, balki Xitoyga ham taklif qildik. Va biz buni darhol berishga tayyor edik, ammo javob olmadik”, degan Bayden. 

Ma’lumot o‘rnida, Bayden kecha, 20 may kuni Janubiy Koreyaga mamlakatning yangi Prezidenti Yun Sok Yol bilan birinchi sammiti uchun borgan. Bayden 20-24 may kunlari davom etadigan Osiyo turnesi davomida Janubiy Koreyadan tashqari Yaponiyaga ham boradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing